“Tarjimashunoslik: muammolar, yechimlar va istiqbollar II” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yilning 12.02.2024 dagi 56-son buyrug‘iga asosan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi bilan birgalikda 2024-yilning 20-noyabr kuni “Tarjimashunoslik: muammolar, yechimlar va istiqbollar II” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Konferensiyada qiyosiy tilshunoslik, tarjimashunoslik va madaniyatlararo muloqot, adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari, xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari va istiqbollari, tarjima didaktikasi, xorijiy tillarni nazariy va amaliy o‘qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va xorijiy tillarni o‘qitish uslubiyatini takomillashtirish masalalari borasida fikr va tajribalar almashiladi. Anjumanda soha mutaxassislari, yetakchi olimlar, professor-o’qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishi mumkin.
KONFERENSIYA SHO‘BALARI:
1-sho‘ba. Tarjimashunoslikning dolzarb muammolari: zamonaviy tendensiyalar va tadqiqotlar
2-sho‘ba. Tarjima didaktikasi masalalari
3-sho‘ba. Zamonaviy ta’limda pedagogika va chet tillarini o‘qitishning innovatsion metodlari
4-sho‘ba. Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik masalalari
5-sho‘ba. Jahon va o‘zbek adabiyotida tarjima muammolari va badiiy tarjima: tadqiqotlar, muammolar va yechimlar
Konferensiya o'tkazilganligi haqida foto va video ma'lumotlar
Anjumanning o‘tkazilish vaqti: 2024-yil 20-noyabr