Arxivlar
-
Tilshunoslik va chet tillarni o‘qitishda zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2026-yil 22 may kuni "Tilshunoslik va chet tillarni o‘qitishda zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazdi. Anjumanning maqsadi tilshunoslik va xorijiy tillarni o‘qitish metodikasini zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish, ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini integratsiya qilishning nazariy- metodologik hamda amaliy jihatlarini ilmiy asosda muhokama etishdan iborat.
-
Zamonaviy lingvistikada globalizatsiya, til siyosati va lisoniy identiklikka oid muammolar va yechimlar mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026-yil 15-aprel sanasida o‘tkazilgan “Zamonaviy lingvistikada globalizatsiya, til siyosati va lisoniy identiklikka oid muammolar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatdi:
1-sho‘ba. Lingvistik globallashuv va til xilma-xilligi muammolari
2-sho‘ba. Zamonaviy til siyosatining nazariy va amaliy asoslar
3-sho‘ba. Lisoniy identiklik va madaniy o‘zlik muammolari
4-sho‘ba. Qiyosiy va amaliy lingvistika: global yondashuvlar
5-sho‘ba. Xalqaro tajriba va milliy ta’lim tizimlarida til siyosatining amalga oshirilish mexanizmlari. -
The Use of Modern Digital Technologies in Linguistics and Foreign Language Teaching. International Scientific and Practical Conference
The department of theoretical aspects of english – 2, faculty of english language – 2 of Uzbekistan state world languages university will hold an international scientific and practical conference on april 22–23, 2026, entitled: “The use of modern digital technologies in linguistics and foreign language teaching”.
Conference Sections
The international conference will include the following sections:
1. Digital Technologies and Language Teaching Methodology
Mobile applications and online platforms in foreign language teaching, distance learning and hybrid teaching technologies, electronic resources and Open Educational Resources (OER)
2. Artificial Intelligence and Linguistic Research
AI-based translation systems and their analysis, speech synthesis using artificial intelligence: problems of linguistic modeling, corpus linguistics and machine learning methods
3. Innovative Approaches in Modern Linguistic Research
Cognitive linguistics and digital analysis methods, digital tools in sociolinguistic research, language transformation in the era of digital culture: modern linguistic analysis
-
Tilshunoslikda antroposentrizm: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti Umumiy tilshunoslik kafedrasi 2026-yil 3-aprel kuni “TILSHUNOSLIKDA ANTROPOSENTRIZM: YANGI YONDASHUVLAR VA TADQIQOTLAR” mavzusida o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallar to'plami
ANJUMANNING ILMIY YO‘NALISHLARI:
➢ Jahon tilshunosligi: muammolar va tendensiyalar;
➢ Til kompetensiyasini rivojlantirishda sun’iy intellektning ahamiyati;
➢ Matn tilshunosligining nazariy va amaliy masalalari;
➢ Fanlar integratsiyasi va yangi yo‘nalishlarga yosh tadqiqotchilarning munosabati. -
Ijtimoiy davlatda inson huquqlarini ta’minlashning global ahamiyati va zamonaviy yondashuvlar mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrug‘iga muvofiq xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy tadbirlar rejasiga asosan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan 2026-yil 25-mart kuni “IJTIMOIY DAVLATDA INSON HUQUQLARINI TA’MINLASHNING GLOBAL AHAMIYATI VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
-
“Filologiya va til ta’limi: Innovatsion yondashuvlar asosida xorijiy tillarni o‘qitishning samarali usullarini ishlab chiqish hamda ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yo‘llari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Oliy taʼlim,fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrug‘iga asosan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti “Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasida 2026-yil 10-aprel kuni “Filologiya va til ta’limi: innovatsion yondashuvlar asosida xorijiy tillarni o‘qitishning samarali usullarini ishlab chiqish hamda ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yo‘llari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
-
Transmilliy qo‘shma ta’lim dasturlarining rivojlanishi: O‘zDJTU tajribasi va xalqaro sifat kafolati tizimlari bo‘yicha ilmiy-amaliy yondashuvlar mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
«Transmilliy qo‘shma ta’lim dasturlarining rivojlanishi: O‘zDJTU tajribasi va xalqaro sifat kafolati tizimlari bo‘yicha ilmiy-amaliy yondashuvlar» mavzusidagi 1- Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
O‘tkazilgan sanasi: 2026-yil 19-fevral
Konferensiya sho‘balari (yo‘nalishlari):
- Transmilliyva qo‘shma ta’lim dasturlarining modellari va rivojlanish istiqbollari;
- Qo‘shmata’lim dasturlarida xalqaro akkreditatsiya;
- Kompetensiyagaasoslangan ta’lim va ta’lim natijalarini baholash;
- Transmilliyta’limda raqamli texnologiyalar va akademik mobillik.
O'tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman haqidagi foto lavhalar
-
Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondashuvlar va o‘qitish metodikasi mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
O’zbekiston respublikasi Oliy ta’lım, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yıl 27-dekabr 490-son buyrug’ıga binoan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetining Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan 2025 yil 18 dekabr kuni Xalqaro arab tili kuniga bag‘ishlangan «Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondashuvlar va o‘qitish metodikasi» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Sho'balar:
- Arab tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlari
- Arab adabiyoti. Matnshunoslik. Manbashunoslik.
- Tarjimashunoslikning zamonaviy tendensiyalari.
- Raqamlashtirish davrida filologiyaning dolzarb muammolari.
O'tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman haqidagi foto lavhalar
-
Tarjimashunoslik va tilshunoslikning dolzarb muammolari: zamonaviy tendensiyalar va yondashuvlar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yilning 27-dekabrdagi 490-son buyrug‘iga asosan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi bilan birgalikda 2025-yilning 20-noyabr kuni “Tarjimashunoslik va tilshunoslikning dolzarb
muammolari: zamonaviy tendensiyalar va yondashuvlar” mavzusidagi o'tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariKonferensiyada qiyosiy tilshunoslik, tarjimashunoslik va madaniyatlararo muloqot, adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari, xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari va istiqbollari, tarjima didaktikasi, xorijiy tillarni nazariy va amaliy o‘qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va xorijiy tillarni o‘qitish uslubiyatini takomillashtirish masalalari borasida fikr va tajribalar almashildi. Anjumanda soha mutaxassislari, yetakchi olimlar, professor- o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar va iqtidorli talabalar o'z maqola va tezislari bilan ishtirok etishdi.
Anjuman quyidagi sho‘balarda o‘tkazil:
1-sho‘ba. Tarjimashunoslikning dolzarb muammolari: zamonaviy tendensiyalar va tadqiqotlar
2-sho‘ba. Til, tarjima va madaniyatning integrallashuvi
3-sho‘ba. Zamonaviy ta’limda pedagogika va chet tillarini o‘qitishning innovatsion metodlari
4-sho‘ba. Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik masalalariO'tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman haqidagi foto lavhalar
-
Zamonaviy pedagogika va psixologiyada shaxs rivojlanishining dolzarb muammolari: axborot, raqamli texnologiyalar va tarbiya mexanizmlari
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Zamonaviy pedagogika va psixologiyada shaxs rivojlanishining dolzarb muammolari: axborot, raqamli texnologiyalar va tarbiya mexanizmlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishini ma’lum qilamiz. Anjuman 2025 yil 24 oktyabr kuni o‘tkazildi.
Anjuman maqsadi: Zamonaviy pedagogika va psixologiya sohasida mutaxassislar bilan fikr va tajriba almashish iborat.
Anjuman vazifalari: Zamonaviy ta’limning konseptual muammolarini aniqlash, ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyatni tahlil qilish, ta’limda pedagogik faoliyatni psixologik modellashtirish, raqamli ta’limning pedagogik va psixologik asoslari aniqlash, psixolingvistikaning dolzarb masalalari o‘rganish.
Anjumanda quyidagi sho‘balar ish olib boradi:1-sho‘ba. Zamonaviy ta’limning konseptual muammolari;
2-sho‘ba. Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat;
3-sho‘ba. Ta’limda pedagogik faoliyatni psixologik modellashtirish;
4-sho‘ba. Raqamli ta’limning pedagogik va psixologik asoslari;
5-sho‘ba. Psixolingvistikaning dolzarb masalalari.
O'tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman haqidagi foto lavhalar
-
Zamonaviy tilshunoslik istiqbollari: muammolar va yutuqlar mavzusida xalqaro ilmiy amaliy anjuman
Ushbu "Zamonaviy tilshunoslik istiqbollari: muammolar va yutuqlar" konferensiya tuplami xalqaro ilmiy amaliy anjuman munosabati bilan yigʻilgan ilmiy tezislarni qamrab olgan. Maqolalar Zamonaviy tilshunoslikda nazariy va amaliy yondashuvlar Til va jamiyat: sotsiolingvistik, psixolingvistik va madaniy aspektlar Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt tilshunoslikda kabi yoʻnalishlarda jamlangan 100 ga yaqin ilmiy tadqiqot ishlari haqidagi ma'lumotlarni jamlagan.
-
“SUN’IY INTELLEKTNING TIL O‘RGANISHDAGI O‘RNI” MAVZUSIDA TALABALAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
Ilm-fan sohasida yosh kadrlar yetishtirish tizimining doimiyligini ta’minlash va ishlab chiqarish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarga yoshlarni jalb qilish uchun yagona tizim yaratish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yilgi 3-apreldagi 137-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchunchi fakulteti Ingliz tili integrallashgan kursi-3 kafedrasi tomonidan “SUNIY INTELLEKTNING TIL O‘RGANISHDAGI O‘RNI” mavzusidagi talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Ushbu konferensiya to‘plami talabalarning ilmiy-amaliy konferensiya materiallaridan tashkil topgan. Maqolalarning ilmiy saviyasi uchun mualliflarning o‘zlari mas’uldirlar. Mazkur konferensiya materiallari to‘plamidan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar va talabalar foydalana oladilar.
-
TALABALAR ILMIY KONFERENSIYASI "TILSHUNOSLIK MASALALARI – YOSH TADQIQOTCHILAR NIGOHIDA"
Ushbu to‘plam O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2025- yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi to‘g‘risida” buyrug‘i asosida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari №3 kafedrasi tomonidan 2025-yil 23-may sanasida tashkil etilgan “Tilshunoslik masalalari – yosh tadqiqotchilar nigohida” masalalariga bag‘ishlangan talabalar ilmiy konferensiyasi materiallaridan tashkil topgan. Maqolalarning ilmiy saviyasi uchun mualliflarning o‘zlari mas’uldirlar. Talabalar ilmiy konferensiyasi materiallar to‘plamidan magistrantlar, talabalar foydalanishlari mumkin.
-
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti Umumiy tilshunoslik kafedrasi 2025-yil 29-aprel kunlari “GLOBAL LINGVISTIKA: YANGI YONDASHUVLAR VA TADQIQOTLAR” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi.
Ushbu to‘plam O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi to‘g‘risida” buyrug‘i asosida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti Umumiy tilshunoslik kafedrasi tomonidan 2025-yil 29-aprel sanasida tashkil etilgan “Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar” masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallaridan tashkil topgan. Maqolalarning ilmiy saviyasi uchun mualliflarning o‘zlari mas’uldirlar. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallar to‘plamidan professor- o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilar hamda magistrantlar, talabalar foydalanishlari mumkin.
-
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman "Ta'lim maydoni tendensiyalari: kompetentsiyalar, innovatsiyalar va texnologiyalar"
Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrug'iga va O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2025-yil 24-fevraldagi 87/11-08-son buyrug'iga asosan 2025-yil 25-aprel kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Konferentsiya o'tkazilishiga mas'ul: O'zDJTU Pedagogika va psixologiya kafedrasi.
Anjumanda quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
1-sho‘ba. Zamonaviy ta'lim tendentsiyalari: uzluksiz taʼlim, sunʼiy intellekt, “Yashil shahar”, taʼlimni raqamlashtirish jarayonini rivojlantirish istiqbollari;
2-sho‘ba. Ta’lim sifatini yaxshilash: fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining dolzarb masalalari;
3-sho‘ba. Pedagogik kompetensiyalar, didaktik imkoniyatlar va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etishning dolzarb masalalari;
4-sho‘ba. Ta’limda xorijiy tillarni o‘qitish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning innovatsion tendensiyalari;
5-sho‘ba. Ta’limda tarbiyaviy, ijtimoiy ish nazariyasi, amaliyot va psixologik masalalar. -
“Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondashuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetining Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan 2024 yil 10 dekabr kuni Xalqaro arab tili kuniga bag‘ishlangan «Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondashuvlar va o‘qitish metodikasi» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Maqolalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi:
1. Globallashuv davrida arab tili: muammolar va yechimlar
2. Chet tilini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar va jahon tajribasi.
3. Tarjimashunoslikning dolzarb muammolari.
4. Matnshunoslik. Manbashunoslik.
5. O‘zbek va jahon adabiyotida tarjima muammolari.
6. Raqamlashtirish davrida filologiya masalalari. -
“Tarjimashunoslik: muammolar, yechimlar va istiqbollar II” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yilning 12.02.2024 dagi 56-son buyrug‘iga asosan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi bilan birgalikda 2024-yilning 20-noyabr kuni “Tarjimashunoslik: muammolar, yechimlar va istiqbollar II” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Konferensiyada qiyosiy tilshunoslik, tarjimashunoslik va madaniyatlararo muloqot, adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari, xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari va istiqbollari, tarjima didaktikasi, xorijiy tillarni nazariy va amaliy o‘qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va xorijiy tillarni o‘qitish uslubiyatini takomillashtirish masalalari borasida fikr va tajribalar almashiladi. Anjumanda soha mutaxassislari, yetakchi olimlar, professor-o’qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishi mumkin.
KONFERENSIYA SHO‘BALARI:
1-sho‘ba. Tarjimashunoslikning dolzarb muammolari: zamonaviy tendensiyalar va tadqiqotlar
2-sho‘ba. Tarjima didaktikasi masalalari
3-sho‘ba. Zamonaviy ta’limda pedagogika va chet tillarini o‘qitishning innovatsion metodlari
4-sho‘ba. Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik masalalari
5-sho‘ba. Jahon va o‘zbek adabiyotida tarjima muammolari va badiiy tarjima: tadqiqotlar, muammolar va yechimlar
Konferensiya o'tkazilganligi haqida foto va video ma'lumotlar
Anjumanning o‘tkazilish vaqti: 2024-yil 20-noyabr
-
Ko‘p tillilik muhitida xorijiy tillarni rivojlantirishning innovatsion va integrativ muammolari
“KO‘P TILLILIK MUHITIDA XORIJIY TILLARNI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION VA INTEGRATIV MUAMMOLARI” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
2024-yil 22-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ko‘p tillilik muhitida xorijiy tillarni rivojlantirishning innovatsion va integrativ muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Konferensiya to‘plamiga quyidagi sho‘balar bo‘yicha ilmiy yo‘nalishlarda
maqolalar qabul qilinadi:
1-sho'ba. “Globallashuv sharoitida tillarni o‘qitishning innovatsion strategiyalari”;
2-sho'ba. “Filologik va nofilologik yo‘nalishlarda tillarni o‘qitishning integrativ yondashuvlari: ilg‘or tajribalar”;
3-sho'ba. “Inklyuziv ta’lim yo‘nalishida xorijiy tillarni o‘qitish muammolari”;
4-sho'ba. “Ko‘p tillilik ta’lim sharoitida ikki tillilik va madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirish”.