Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman "Ta'lim maydoni tendensiyalari: kompetentsiyalar, innovatsiyalar va texnologiyalar"

Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrug'iga va O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2025-yil 24-fevraldagi 87/11-08-son buyrug'iga asosan 2025-yil 25-aprel kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Konferentsiya o'tkazilishiga mas'ul: O'zDJTU Pedagogika va psixologiya kafedrasi.
Anjumanda quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
1-sho‘ba. Zamonaviy ta'lim tendentsiyalari: uzluksiz taʼlim, sunʼiy intellekt, “Yashil shahar”, taʼlimni raqamlashtirish jarayonini rivojlantirish istiqbollari;
2-sho‘ba. Ta’lim sifatini yaxshilash: fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining dolzarb masalalari;
3-sho‘ba. Pedagogik kompetensiyalar, didaktik imkoniyatlar va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etishning dolzarb masalalari;
4-sho‘ba. Ta’limda xorijiy tillarni o‘qitish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning innovatsion tendensiyalari;
5-sho‘ba. Ta’limda tarbiyaviy, ijtimoiy ish nazariyasi, amaliyot va psixologik masalalar.