Italyan tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning dolzarb masalalari va yechimlari mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman

					{$Identifikatorini) ko'rish

O‘zbekiston respublikasi ta’lim va ilm fan vazirligining “O‘zbekiston Respublikasida 2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi to‘g‘risida” 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi 2026-yil 16-oktabr kuni “Italyan tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning dolzarb masalalari va yechimlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazishdi. Konferensiyaning maqsadi: Italyan tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda duch kelinayotgan dolzarb masalalarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda ilg‘or metodlarni amaliyotga joriy etishdan iborat.

Konferensiya yo'nalishlari: 
1. Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy metodlar
2. Sun’iy intellekt asosidagi ilovalar yordamida xorijiy tilini o‘rgatish
3. Raqamlashtirish davrida filologiya masalalari
4. Tilshunoslik va lingvodidaktika muammolari va yechimlari
5. Tarjimashunoslik va tillararo aloqa muammolari
6. Italyan, o‘zbek va jahon adabiyotshunosligi rivoji

Nashr qilingan: 2026-10-16

Loading...