Zamonaviy pedagogika va psixologiyada shaxs rivojlanishining dolzarb muammolari: axborot, raqamli texnologiyalar va tarbiya mexanizmlari
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Zamonaviy pedagogika va psixologiyada shaxs rivojlanishining dolzarb muammolari: axborot, raqamli texnologiyalar va tarbiya mexanizmlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishini ma’lum qilamiz. Anjuman 2025 yil 24 oktyabr kuni o‘tkazildi.
Anjuman maqsadi: Zamonaviy pedagogika va psixologiya sohasida mutaxassislar bilan fikr va tajriba almashish iborat.
Anjuman vazifalari: Zamonaviy ta’limning konseptual muammolarini aniqlash, ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyatni tahlil qilish, ta’limda pedagogik faoliyatni psixologik modellashtirish, raqamli ta’limning pedagogik va psixologik asoslari aniqlash, psixolingvistikaning dolzarb masalalari o‘rganish.
Anjumanda quyidagi sho‘balar ish olib boradi:1-sho‘ba. Zamonaviy ta’limning konseptual muammolari;
2-sho‘ba. Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat;
3-sho‘ba. Ta’limda pedagogik faoliyatni psixologik modellashtirish;
4-sho‘ba. Raqamli ta’limning pedagogik va psixologik asoslari;
5-sho‘ba. Psixolingvistikaning dolzarb masalalari.
O'tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman haqidagi foto lavhalar