MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARNI IJODIY FAOLIYATGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI
https://doi.org/10.5281/zenodo.17540195
Kalit so‘zlar
ijodiy faoliyat, boshlang‘ich ta’lim, pedagogik texnologiya, o‘quvchi shaxsi, o‘yinlAnnotasiya
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik va psixologik asoslari, zamonaviy texnologiyalarning o‘rni hamda o‘qituvchi faoliyatining o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Maqolada ijodiy tafakkurning mohiyati, o‘quvchi shaxsini shakllantirishdagi ahamiyati, ijodkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv muhitini yaratish usullari yoritilgan. Tadqiqotda o‘yinli, loyihaviy, tadqiqotchi va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni integratsiyalash orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tasavvur, muammoli vaziyatlarda yechim topish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, maqolada o‘qituvchining ijodiy shaxs sifatida o‘rni, o‘quvchilarda ijodkorlikni rag‘batlantirish metodlari hamda ta’lim jarayonining innovatsion yondashuvlar bilan boyitilishi haqida so‘z yuritiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Polat E.S. Ta’limdagi yangi pedagogik va axborot texnologiyalari. — Moskva: Akademiya, 2010.
Xutorskoy A.V. Ijod pedagogikasi. — Moskva: MGU nashriyoti, 2003.
Qudrjavtsev T.V. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy rivojlanishi. — Sankt-Peterburg: Rech, 2012.
Jalilova N. Boshlang‘ich ta’limda ijodiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi. — Toshkent, 2020.
Karimova V.M. Psixologiya va ijodiylik asoslari. — Toshkent: O‘zbekiston, 2018.
