Tarjimashunoslik va tilshunoslikning dolzarb muammolari: zamonaviy tendensiyalar va yondashuvlar

					{$Identifikatorini) ko'rish

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yilning 27-dekabrdagi 490-son buyrug‘iga asosan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi bilan birgalikda 2025-yilning 20-noyabr kuni “Tarjimashunoslik va tilshunoslikning dolzarb
muammolari: zamonaviy tendensiyalar va yondashuvlar” mavzusidagi o'tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

Konferensiyada qiyosiy tilshunoslik, tarjimashunoslik va madaniyatlararo muloqot, adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari, xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari va istiqbollari, tarjima didaktikasi, xorijiy tillarni nazariy va amaliy o‘qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va xorijiy tillarni o‘qitish uslubiyatini takomillashtirish masalalari borasida fikr va tajribalar almashildi. Anjumanda soha mutaxassislari, yetakchi olimlar, professor- o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar va iqtidorli talabalar o'z maqola va tezislari bilan ishtirok etishdi.

Anjuman quyidagi sho‘balarda o‘tkazil:
1-sho‘ba. Tarjimashunoslikning dolzarb muammolari: zamonaviy tendensiyalar va tadqiqotlar
2-sho‘ba. Til, tarjima va madaniyatning integrallashuvi
3-sho‘ba. Zamonaviy ta’limda pedagogika va chet tillarini o‘qitishning innovatsion metodlari
4-sho‘ba. Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik masalalari

O'tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman haqidagi foto lavhalar

Nashr qilingan: 2025-11-20

Loading...