O‘RTA ASR SAYOHATNOMALARIDA ME’MORIY TASVIRNING LINGVISTIK MODELLASHTIRILISHI (Marko Poloning “Il milione” asarida keltirilgan xon saroyi tasviri asosida)
https://doi.org/10.5281/zenodo.17626479
Kalit so‘zlar
Buyuk Xon saroyi, Xonbaliq, Marko Polo, o‘rta asr sayohatnomalari, lingvistik modellashtirish, me’moriy tasvir, badiiy vositalar, metafora, epitet, giperbola, leksik-semantik tahlil, poetik struktura, til va madaniyat munosabati.Annotasiya
Ushbu maqolada o‘rta asr sayohatnomalarida me’moriy inshootlarning lingvistik modellashtirilishi masalasi Marko Poloning “Buyuk Xon saroyi va Xonbaliq shahri” haqidagi tasviri misolida tahlil etilgan. Asarda muallif saroyning tuzilishi, arxitektura unsurlari, ichki bezaklari, marosimiy va siyosiy funksiyalarini batafsil tasvirlab, buni badiiy-tasviriy vositalar orqali boyitadi. Tadqiqotda epitet, metafora, giperbola, tashbih, tafsilot va kontrast kabi lingvopoetik vositalarning matndagi semantik yuklanishi ochib berilgan. Shuningdek, me’moriy terminlarning leksik ma’nosi va ularning estetik, madaniy va ideologik funksiyasi tahlil qilinadi. Maqola o‘rta asr matnlarida til vositalari orqali me’moriy manzara qanday modellashtirilganini ko‘rsatadi hamda til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni yoritadi. Natijada, Marko Poloning tasviriy uslubi orqali Sharq sivilizatsiyasining estetik va siyosiy qadriyatlari til tizimida aks etgani ilmiy asosda isbotlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Polo, M. (1903). The Travels of Marco Polo: The Complete Yule-Cordier Edition (H. Yule, Trans.; H. Cordier, Rev.). London: John Murray.
Polo, M. (1928). Il Milione (a cura di Luigi Foscolo Benedetto). Firenze: Leo S. Olschki Editore.
Haw, S. G. (2006). Marco Polo’s China: A Venetian in the Realm of Khubilai Khan. London & New York: Routledge.
Pratt, M. L. (2008). Imperial Eyes: Travel Writing and Transculturation (2nd ed.). London & New York: Routledge.
Simpson, P. (2004). Stylistics: A Resource Book for Students. London & New York: Routledge.
Centanni, M. (2014). Small Talk: A New Reading of Marco Polo’s Il Milione. Medievalists.net.
