Joriy nashr

Ilm-fan sohasida yosh kadrlar yetishtirish tizimining doimiyligini ta’minlash va ishlab chiqarish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarga yoshlarni jalb qilish uchun yagona tizim yaratish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yilgi 3-apreldagi 137-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchunchi fakulteti Ingliz tili integrallashgan kursi-3 kafedrasi tomonidan “SUNIY INTELLEKTNING TIL O‘RGANISHDAGI O‘RNI” mavzusidagi talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Ushbu konferensiya to‘plami talabalarning ilmiy-amaliy konferensiya materiallaridan tashkil topgan. Maqolalarning ilmiy saviyasi uchun mualliflarning o‘zlari mas’uldirlar. Mazkur konferensiya materiallari to‘plamidan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar va talabalar foydalana oladilar.