KORPUS VOSITASI YORDAMIDA YOZMA TARJIMA KO‘NIKMASINI TAKOMILLASHTIRISH YUZASIDAN MASHQ VA TOPSHIRIQLAR TIZIMI
https://doi.org/10.5281/zenodo.17626278
Kalit so‘zlar
yozma tarjima, korpus lingvistika, mashq va topshiriqlar tizimi, tarjima kompetensiyasi, parallel korpus, til o‘qitish metodikasi.Annotasiya
Mazkur maqolada yozma tarjima ko‘nikmasini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida korpus lingvistikasiga asoslangan yondashuvning samaradorligi tahlil qilinadi. Korpus vositalaridan (parallel korpuslar, konkorserlar, chastotali tahlil dasturlari va boshqalar) foydalanish orqali talabalarda tarjima kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashq va topshiriqlar tizimi ishlab chiqilgan. Maqolada ushbu tizimning nazariy asoslari, o‘quv jarayoniga integratsiya qilish bosqichlari hamda amaliy natijalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, korpusga asoslangan mashqlar orqali talabalar nafaqat so‘z va iboralarning kontekstual ma’nosini chuqurroq anglaydi, balki matn tuzilmasi, uslub va pragmatik jihatlarni ham tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Shuningdek, maqolada korpus texnologiyalaridan foydalanish tarjima jarayonini avtomatlashtirish emas, balki til materiallari bilan ishlashni rag‘batlantiruvchi vosita sifatida qaralishi lozimligi ta’kidlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
https://www.professorjackrichards.com/difference-task-exercise-activity/?utm
Xavier, Rosely Perez. “Language Tasks and Exercises: How Do Teachers Perceive Them?”
Иванова Ю.В. "Обучение художественному переводу как виду межкультурной речевой деятельности"
Tuxtasinov I. Tarjimon tayyorlashda kasbiy kompetensiyalarni ekvivalentlik hodisasi asosida rivojlantirish. Ped. Fan.doktori diss. avtoref. – Т.: 2018. – 69 b.
Yo‘ldoshev U.R. Talabalarga badiiy tarjimani o‘qitishning lingvistik va metodik asoslari: Ped. Fan. doktori (DSc) disser. – Samarqand davlat chet tillari instituti. – Т.: 2024. – 264 b.
Abdug‘aniyeva J “Til OTMlar talabalarini ketma-ket tarjimaga o‘rgatishning lingvodidaktik xususiyatlari”. Ped. fan. bo’yicha fal. doktori disser. avtoreferati – Т.: 2020. – 26 b.
