ARAB VA O‘ZBEK TILIDAGI TARJIMA METODLARI
https://doi.org/10.5281/zenodo.18035722
Kalit so‘zlar
tarjima, tarjimon, sharqshunos, metodAnnotasiya
Ushbu maqolada tarjimaning jamiyat hayotidagi o‘rni, uning tarixiy rivojlanish bosqichlari hamda arab va o‘zbek tillari o‘rtasidagi tarjima metodlarining nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda tarjimaning shakli, ijro texnikasi va qo‘llanish sohalariga ko‘ra turlari tizimli ravishda tahlil qilingan. Arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima jarayonida uchraydigan leksik, sintaktik va madaniy tafovutlar, ularni bartaraf etishdagi asosiy metodologik yondashuvlar ilmiy asosda izohlangan. Shuningdek, tarjimon shaxsiga qo‘yiladigan lingvistik, madaniyatlararo, texnik hamda kommunikativ talablar ham atroflicha bayon etilgan. Maqolada tarjimonlik faoliyatining zamonaviy ahamiyati, pedagogik jihatlari va bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash masalalari ham muhim yo‘nalish sifatida ko‘rib chiqilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Abdurahmanov A. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: Arab tilidan o‘zbek tiliga. Samarqand: Samarqand universiteti, 2004. – B. 144.
Abdujabborov A. Arab tili. TIU. – T. 2011. – B. 3.
Shodmonov B. Tarjimonlik metodologiyasi: Arab tili va o‘zbek tili o‘rtasidagi farqlar. Fan va texnologiya. – T. 2023. – B. 35.
Sadiqov A. Tarjimada. Xatoliklar va ularni oldini olish usullari: Arab tili va o‘zbek tilida, Buxoro universiteti. – Buxoro. 2023. – B. 35.
Rahmonov K. (2024). Tarjima qilishda madaniy to‘siqlar va yechimlar: Arab tili va o‘zbek tili misolida. Samarqand davlat universiteti, 2024. – Samarkand. 2024. – B. 35.
