TURIZM SOHASI LEKSIKASIDA TARIXIY VA ZAMONAVIY TERMINLARNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI
https://doi.org/10.5281/zenodo.18035719
Kalit so‘zlar
O‘zbek turizm leksikasi, semantik transformatsiya, ziyorat turizmi, madaniy meros atamalari, xalqaro turizm atamalari, lingvistik tahlil, turizm diskursi.Annotasiya
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi turizm leksikasining shakllanishi va rivojlanishi «ziyorat», «sayohat», «madrasa», «masjid» (tarixiy-ma’naviy qatlam) hamda «tur», «gid» (zamonaviy-funksional qatlam) kabi asosiy atamalar misolida ilmiy-lingvistik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida mazkur atamalarning manba tillari, ma’no o‘zgarishi (semantik transformatsiya) va zamonaviy turizm diskursidagi funksional o‘rni yoritilgan.
Arab tilidan o‘zlashgan leksemalarning tarixiy-ma’naviy mazmundan madaniy-turistik ma’noga kengayishi, shuningdek, ingliz tili orqali kirib kelgan atamalarning turizm sohasida tashkiliy va kasbiy funksiyalarni ifodalashdagi roli ochib berilgan. Maqolada milliy va xalqaro atamalar o‘rtasidagi vazifaviy taqsimot, shuningdek, ayrim terminlar qo‘llanilishida yuzaga kelayotgan ma’no noaniqliklari ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijalari o‘zbek turizm terminologiyasining ko‘pqatlamli, dinamik va funksional tizim ekanini asoslashga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Weinreich, U. (1953). Languages in Contact: Findings and Problems. Linguistic Circle of New York.
Crystal, D. (2003). English as a Global Language. Cambridge University Press.
Shavkatjon R. Alamov. "A COMPARATIVE STUDY OF THE TERMS «TOURISM» (SIYĀḤA) AND «VISITATION» (ZIYĀRA) WITHIN THE FIELD OF TOURISM (in the context of arabic, persian, and uzbek languages)" Oriental Journal of Philology, vol. 5, no. 3, 2025, pp. 354-365. doi:10.37547/supsci-ojp-05-03-38
Mahmudov, O. (2000). O'zbek tilining leksik taraqqiyoti. Toshkent: Fan.
Suleiman, Y. (2003). Arabic, Self and Identity: A Study in the Politics of Language. Routledge.
Alamov, Shavkatjon. «ARAB TILIDAGI FORSCHA IQTIBOSLAR» Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, vol. 2, no. 3, 2022, pp. 390-395.
Murtazoyev, V. X. "ARAB TILIDAGI GAZETALAR SARLAVHALARI TAHLILI." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 3.5 (2023): 300-305.
Alamov, Shavkatjon. «FORSCHA ILDIZLI ARABCHA SO‘ZLARNING XUSUSIYATLARI» Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, vol. 2, no. 6, 2022, pp. 472-476.
Khan, A. (2010). The Dynamics of Lexical Borrowing: Arabic Influence on the Persian Language. University of Karachi Press.
Murtazoyev, Valijon. "Lingvostilisticheskiy analiz tekstov gazet Uzbekistana i Yegipta konsa XIX–nachala XX veka." Zarubejnaya lingvistika i lingvodidaktika 2.5/S (2024): 465-471.
