Markaziy Osiyo: Yagona tarix va umumiy kelajak mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 16-yanvardagi “2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 11-son buyrugʻi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2026-yil 27-yanvardagi “Universitetda 2026-yilda o‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar to‘g‘risida”gi 27/11-08-sonli buyrug‘iga asosida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Siyosiy fanlar kafedrasida “Markaziy Оsiyo: yagona tarix va umumiy kelajak” mavzusida o’tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari.
Anjumanda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
1-sho‘ba. Globalizatsiya va mintaqaviy hamkorlik: muammo va yechimlar;
2-sho‘ba. Mintaqaviy tahdidlarni bartaraf etish va tinchlik diplomatiyasi: Markaziy Osiyoda barqarorlikning yangi paradigmalarini shakllantirish;
3-sho‘ba. Raqamli iqtisodiyot va savdo-hamkorlikni chuqurlashtirishda Markaziy Osiyoning roli;
4-sho‘ba. Markaziy Osiyo davlatlari — umummilliy qadriyatlar va madaniyatlar beshigi;