MARKAZIY OSIYO MUTAFAKKIRLARI MEROSIDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR UYG‘UNLIGI: FALSAFIY-PEDAGOGIK TAHLIL
https://doi.org/10.5281/zenodo.24240551
Kalit so‘zlar
milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, Markaziy Osiyo mutafakkirlari, falsafiy-pedagogik tahlil, komil inson, ma'naviy meros, bag‘rikenglik, ta'lim-tarbiya.Annotasiya
Mazkur maqolada Markaziy Osiyo mutafakkirlari ilmiy-ma'naviy merosida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unligi falsafiy-pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Muallif Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib va Alisher Navoiy merosida milliy o‘zlik qadriyatlari – ona til, an'ana, vatanparvarlik – hamda umuminsoniy qadriyatlar – adolat, ilm, insonparvarlik, bag‘rikenglik – bir-biriga qarama-qarshi emas, balki yaxlit uyg‘unlikda talqin etilganini asoslaydi. Maqolada ushbu uyg‘unlikning asosida komil inson g‘oyasi yotishi ko‘rsatilib, uning zamonaviy ta'lim-tarbiya jarayoni uchun metodologik ahamiyati ochib beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. –T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993.
Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig / nashrga tayyorlovchi Q.Karimov. –T.: Fan, 1971.
Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. – T.: Fan, 1983.
Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – T.: O‘qituvchi, 1992.
Hoshimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. – T.: Noshir, 2010.
O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risida"gi Qonuni. –T., 2020-yil 23-sentyabr, O‘RQ-637-son.
