AKADEMIK MOBILLIK NAMUNASI SIFATIDA TURKIYA RESPUBLIKASI MILLIY TA‘LIM VAZIRLIGINING XORIJGA O‘QITUVCHI KADRLARNI YUBORISH SIYOSATI VA JARAYON TAHLILI
https://doi.org/10.5281/zenodo.18950004
Kalit so‘zlar
Ta‘lim diplomatiyasi, yumshoq kuch, akademik mobillik, xorijga kadr yuborish, Turk tili o‘rgatish.Annotasiya
Ushbu tadqiqot Turkiya Respublikasi “yumshoq kuch” strategiyasining muhim tarkibiy qismi bo‘lmish ta‘lim diplomatiyasi faoliyati doirasida Milliy ta‘lim vazirligi (MEB) tomonidan amalga oshirilayotgan xorijga o‘qituvchi va pedagog kadrlarni yuborish jarayonini o‘rganishni maqsad qilgan. Boshqa ko‘plab davlatlar qatori, avvalo, O‘zbekistondagi Turkologiya kafedralari yoki turk tili o‘qitiladigan ta‘lim muassasalariga xizmatga yuborilgan kadrlar yordamida mazkur mamlakatlarda turk tili va turk madaniyatini yuqori malakali tarzda o‘rgatishga hissa qo‘shilmoqda. Shu bilan birga, turk tili ko‘prigi asosida amalga oshirilayotgan turli loyihalar vositasida davlatlar o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanmoqda. Mazkur maqolada dastlab jarayonning tarixiy zamini, sabablari va huquqiy asoslari yoritib berilgan; shundan so‘ng, xususan, "lektor/pedagog kadr" (okutman/öğretim elemanı) yuborish mexanizmi, nomzodlarni tanlash mezonlari, imtihon tizimlari va ularning moslashuv jarayonlari batafsil tahlil qilingan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Akman, Y. (2017). Milli Eğitim Bakanlığı Yurtdışı Teşkilatında Görev Yapan Öğretmenlerin Sorunları. Ege Eğitim Dergisi, 18(1), 345-375.
Baltürk, F. (2023). Yumuşak Güç Bağlamında Türkiye’nin Özbekistan Politikası. (Yayımlanmamış Yüksek Lisans Tezi). İstanbul Üniversitesi Sosyal Bilimler Enstitüsü.
BAOKK (Bakanlıklararası Ortak Kültür Komisyonunun Çalışma Esas ve Usulleri ile Bu Komisyon Tarafından Yurt Dışında Görevlendirilecek Personelin Nitelikleri ile Hak ve Yükümlülüklerinin Belirlenmesine İlişkin Karar) (2003). Resmî Gazete (Sayı: 25157).
Karasu, M. S. (2018). MEB Tarafından Yurt Dışına Görevlendirilen Öğretmenlerin Gidiş Nedenleri. Gümüşhane Üniversitesi Sosyal Bilimler Enstitüsü Dergisi, 9(24), 177-191.
Millî Eğitim Bakanlığı. (2025). Yurt Dışında Görevlendirilecek Öğretim Üyesi/Öğretim Görevlisi/Okutman Seçme Sınavı Başvuru Kılavuzu 2026. Ankara: Yükseköğretim ve Yurt Dışı Eğitim Genel Müdürlüğü.
Şen, Ü. (2020). Millî Eğitim Bakanlığının yurt dışına Türkçe ve Türk kültürü dersi öğretmeni görevlendirme politikasının yıllara göre değerlendirilmesi. Ana Dili Eğitimi Dergisi, 8(1), 217-236.
Toprakçı, E., & Kocakaya, A. (2022). Çevrimiçi Forumlardaki Görüşleri Temelinde MEB Tarafından Yurtdışında Görevlendirilen Öğretmenlerin Yaşadığı Sorunlar. 10th International Conference on Social Sciences & Humanities Proceedings Book, 607-618.
