FRANSUZ OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI MATNLARINI O‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDA LEKSIK BIRLIKLAR TALQINI

FRANSUZ OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI MATNLARINI O‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDA LEKSIK BIRLIKLAR TALQINI

Mualliflar

  • Karimova Nilufar Xabibullayevna

https://doi.org/10.5281/zenodo.17725175

Kalit so‘zlar

media matn, tarjima, ekvivalentlik, leksik birliklar, semantika, sintaksis, madaniy kontekst, kommunikatsiya, axborot,media platforma, ijtimoiy tarmoqlar, reklama,ma'lumot tarqatish, ommaviy axborot vositalari, matbuot.

Annotasiya

Maqola, fransuz tilidagi media matnlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida uchraydigan asosiy muammolarni va leksik birliklarni qanday qilib to‘g‘ri ifodalash zarurligini tahlil qiladi. Media matnlar ommaviy axborot vositalari orqali keng auditoriyaga yetkaziladigan axborot manbai bo‘lib, ularni tarjima qilishda faqatgina lingvistik elementlarni emas, balki matnning ijtimoiy va madaniy kontekstlarini ham inobatga olish lozim. 

Maqolada tillararo ekvivalentlik tushunchasining media matn tarjimasidagi o‘rni va ahamiyati atroflicha ko‘rib chiqiladi. Xususan, o‘zbek va fransuz tillari turli til oilalariga mansub bo‘lib, ularning leksik, grammatik va sintaktik tafovutlari tarjimon uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi. Ayniqsa, frazeologik birliklar, idiomalar va madaniy jihatdan yuklangan so‘zlarni tarjima qilishda mos ekvivalent topish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, tarjimon nafaqat tilshunos, balki madaniyatshunos sifatida ham harakat qilishi kerak. Bundan tashqari, maqolada global kommunikatsiya va axborot almashinuvi jarayonida media matn tarjimasining roli alohida yoritiladi. Hozirgi axborot asrida tarjima qilingan matnlarning aniqligi va tushunarliligi ommaviy axborot vositalari orqali yetkaziladigan xabarlarning samaradorligini belgilaydi. Shu nuqtayi nazardan, tarjimonlar nafaqat aniq ekvivalent topish, balki matnning stilistik va funksional jihatlariga ham e’tibor berishlari lozim.

Ushbu maqola ilmiy tadqiqotlar va tarjima amaliyoti uchun muhim nazariy hamda amaliy asos yaratib, tarjimonlar uchun foydali tavsiyalar beradi. Media matn tarjimasida uchraydigan qiyinchiliklarni yengish va sifatli tarjima qilish uchun ilmiy yondashuv, madaniy kontekstni tushunish va tilshunoslik bilimlari zarurligi ta’kidlanadi.

Muallif haqida

Karimova Nilufar Xabibullayevna

Fan va texnologiyalar universiteti, “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

Mirziyoyev, Sh. (2022). Tillararo tushunish – millatlararo do‘stlik va hamkorlikning asosi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti. Retrieved from [www.president.uz](www.president.uz)

Abdusaidov, A. (2005). Gazeta janrlarining til xususiyatlari (Doctoral dissertation). Samarkand, Uzbekistan.

Teshabayeva, D. M. (2012). Ommaviy axborot vositalari tilining nutq madaniyati aspektida tadqiqi (O‘zbekiston Respublikasi OAV misolida) (Doctoral dissertation). Tashkent, Uzbekistan.

Galperin, I. R. (1981). Tekst kak ob’yekt lingvisticheskogo issledovaniya. Moscow, Russia: Nauka.

Vinay, J.-P., & Darbelnet, J. (1958). Stylistic comparison of French and English. Canada.

Berman, A. (2018, July). The age of translation. France.

https://www.lexpress.fr/monde/emmanuel-macron-en-ouzbekistan-la-valse-des-contrats-continue-GGXBGCOPGJHWPFC3UZQI64TNSU/

https://www.facebook.com/share/p/1FJLRweKi5/?mibextid=oFDknk

“Til texnologiyasi” nomli qo'llanma mashina tarjimasi texnologiyalari va kompyuter lingvistikasi bo'yicha nazariy va amaliy bilimlar:

https://tsuull.uz/sites/default/files/til_texnologiyasi.pdf

“Korpus lingvistikasi” nomli qo'llanma tarjima jarayonida korpuslardan foydalanish, elektron lug'atlar va tezauruslar bilan ishlash bo'yicha ma'lumotlar:

https://pureportal.spbu.ru/files/104745919/_._._1_.pdfcom

“Media va Axborot Savodxonligi: Talabalar Uchun Qo'llanma” media matnlarini tushunish va tahlil qilish bo'yicha bilimlarni taqdim etadi:

https://www.coursehero.com/file/242249695/Media-majmuadoc.com

Downloads

Nashr qilingan

2025-11-26

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Karimova Nilufar Xabibullayevna. (2025). FRANSUZ OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI MATNLARINI O‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDA LEKSIK BIRLIKLAR TALQINI . ZAMONAVIY PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYADA SHAXS RIVOJLANISHINING DOLZARB MUAMMOLARI: AXBOROT, RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA TARBIYA MEXANIZMLARI, 1(7), 457–462. https://doi.org/10.5281/zenodo.17725175

Shunga o'xshash maqolalar

<< < 48 49 50 51 52 53 54 > >> 

Shuningdek, ushbu maqolaga o'xshash maqolalar uchun kengaytirilgan qidiruvni boshlashingiz mumkin.

Loading...