ZAMONAVIY O‘ZBEK TILIDA LEKSIK QATLAMLAR VA ULARNING DINAMIK RIVOJI
https://doi.org/10.5281/zenodo.19937096
Kalit so‘zlar
leksikologiya, lug‘at tarkibi, semantika, etimologiya, neologizm, arxaizm, terminologiya.Annotasiya
Mazkur maqolada o‘zbek tili leksikologiyasining nazariy asoslari, lug‘at tarkibining shakllanish manbalari hamda uning zamonaviy rivojlanish tendensiyalari atroflicha tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida tilning leksik sathidagi o‘zgarishlar, xususan, neologizmlar paydo bo‘lishi, o‘zlashma qatlamning kengayishi va semantik derivatsiya jarayonlari ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Shuningdek, leksik birliklarning o‘zaro munosabatlari, ularning semantik maydonlar asosida guruhlanishi hamda etimologik qatlamlari o‘rganiladi. Maqolada globallashuv, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va axborot texnologiyalarining rivoji natijasida yuzaga kelayotgan leksik o‘zgarishlarning til tizimiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda tavsifiy, qiyosiy, komponent tahlil va statistik metodlardan foydalanilgan bo‘lib, olingan natijalar o‘zbek tili lug‘at boyligining dinamik rivojlanishini ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Rahmatullayev Sh. Zamonaviy o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Universitet, 2006, 45-bet.
Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2002, 12-bet.
Mirtojiyev M. O‘zbek tili semantikasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2010, 88-bet.
Sayfullayeva R., Qurbonova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2010, 150-bet.
