ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDAGI SHAXS FE’L-ATVORINI IFODALOVCHI SO‘ZLAR SEMANTIKASI
https://doi.org/10.5281/zenodo.19936568
Kalit so‘zlar
Alisher Navoiy, Hayrat ul-abror, semantika, leksik birliklar, fe’l-atvor, tashqi qiyofa, badiiy matn, obrazlilik, axloqiy fazilatlar.Annotasiya
Ushbu maqolada buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” asarida qo‘llangan shaxs fe’l-atvori va tashqi qiyofasini ifodalovchi so‘zlarning semantik xususiyatlari keng qamrovda tahlil qilinadi. Dostonning badiiy matni asosida insonning ichki ruhiy dunyosi, axloqiy fazilatlari, xulq-atvori hamda tashqi ko‘rinishini ifodalovchi leksik birliklarning ma’no qatlamlari, ularning uslubiy va estetik vazifalari ochib beriladi.Tadqiqot davomida Navoiy tilidagi so‘zlarning ko‘p ma’noliligi, obrazlilik darajasi, kontekstual ma’no kengayishi hamda ularning tarbiyaviy-axloqiy mazmun yuklashdagi o‘rni alohida yoritiladi. Shuningdek, inson xarakterini ifodalovchi ijobiy va salbiy sifatlar tizimi, ularning badiiy talqini va o‘quvchiga ta’sir kuchi misollar asosida izohlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Begmatov E. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining leksik qatlamlari. – Toshkent: Fan, 1985. – 199 b.
Abdulxayrov M. Navoiy asarlarida so‘z va iboralar. – Toshkent:Tafakkur bo‘stoni, 2009. – 240 b.
Bafoyev B. Navoiy tilida hindcha so‘zlar//O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent: 1991. – №4. – B. 38-44.
Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati. Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1979. – 213 b.
Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati (arab so‘zlari va ular bilan hosilalar). Toshkent: Universitet, 2003. – 599 b.
