O‘ZBEK TILIDAGI GIBRID JUFT SO‘ZLARNING SEMANTIK XUSUSIYATLARI
https://doi.org/10.5281/zenodo.19873801
Kalit so‘zlar
juft so‘zlar, o‘zlashmalar, sinonim, rasmiy hujjatlar, gibrid terminlar.Annotasiya
Maqola hozirgi o‘zbek tiliga o‘zlashgan qator gibrid juft so‘zlar tahliliga asoslangan. Mustaqilligimizdan keyingi yillarda, tilimizga ko‘plab xorijiy so‘zlar o‘zlashgan va ular orqali yasalgan gibrid juft so‘zlarning shakli va ma’nolari o‘rganilmagan. Shu sababli, mazkur tadqiqot maqsadi qilib, rasmiy hujjatlar matnida uchrovchi gibrid juft so‘zlarning semantik-struktur xususiyatlarini o‘rganish belgilab olingan. Maqola davomida quyidagi vazifalar bajarilgan: lotincha va yunoncha o‘zlashmalar bilan yasalgan juft so‘zlarni rasmiy hujjatlar matnlaridan aniqlash, ular o`rtasidagi semantik munosabatlarni tahlil qilish, gibrid juft so‘zlar yasalishida so‘z turkumlarining uyg‘unlashuv xususiyatlarini tahlil qilish. Mazkur tadqiqotni olib borishda tavsifiy tahlil va komponent tahlil metodlariga asoslanilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Hock, Henrich., Joseph, Brian. (2009). Language history, language change, and language relationship: An introduction to historical and comparative linguistics. Berlin: Mouton de Gruyter.
Hojiyev, A. (1963). O`zbek tilida qo`shma, juft va takroriy so`zlar. https://n.ziyouz.com/books/uzbek_adabiy_tili/
Rahmatullayev, Sh. (2006). Hozirgi adabiy o‘zbek tili. Toshkent: “Universitet”.
Халқаро терминэлементларнинг изоҳли-иллюстратив луғати [Матн] / Абдуваҳоб Мадвалиев, Неъмат Маҳкамов, Зуҳра Мираҳмедова, Акмалхўжа Саиднўъмонов. – Tошкент: “Donishmand ziyosi”, 2020. – 280 б.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. II jild. (2006). Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti.
O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-817-son qonuni. (15.02.2023). O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida. https://lex.uz/uz/docs/-6384468
