INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA ANTROPONIMIK KOMPONENTLI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING KONSEPT TAHLILI
https://doi.org/10.5281/zenodo.15466030
Kalit so‘zlar
frazeologik birlik, antroponimik komponent, konsept, konsept tahlili, ensiklopedik axborot, assotsiativ ma’no, metaforik ma’no.Annotasiya
Frazeologik birlik bu – kognitiv nuqtayi nazardan muayyan konseptlarni tilda verballashtirish imkoniyatiga ega ikki yoki undan ortiq soʻzlardan iborat turgʻun soʻz birikmalaridir, jumladan lose one’s touch, a far cry from, koʻkka sovurmoq, soʻxtasi sovuq kabilar. Frazeologik birliklar tarkibida antroponimik komponentlar kognitiv nuqtayi nazardan muayyan bir xalq toʻgʻrisida ensiklopedik axborot tashuvchi ahamiyatga ega boʻlib, antroponimlarga xos xususiyatlar asosida muayyan konseptlarni tilda verballashtiradi. Mazkur maqolada esa ingliz va oʻzbek tillarida antroponimik komponentli frazeologik birliklarning konsept tahlili haqida soʻz yuritilib, ularga munosabat bildiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Abdusamadov Z.N. Ingliz va oʻzbek tillarida antroponimik komponentli frazeologik birliklarning milliy-madaniy xususiyatlari: filol. fanl. falsafa dokt. (PhD) diss. – Toshkent: OʻzMU, 2022. – 132 b.
Ashurova D., Galiyeva M. Cognitive linguistics. – Tashkent: VneshInvestProm, 2018. – 160 p.
Khudoyorova S.T. Semantic and etymological classification of English and Uzbek phraseological units with personal names // Theoretical and Applied Science: Philadelphia. – 2020. - №7 (87). – 227-230 p.
Nasrullayeva G.S. Antroposentrik metaforaning lisoniy, kognitiv va lingvomadaniy aspekti: filol. fanl. falsafa dok-ri (PhD) diss. – Fargʻona, 2019. – 139 b.
Yuldashev A.G. Idiomatik qoʻshma soʻzlarning lingvokognitiv aspekti (ingliz va oʻzbek tillari misolida): filol. fanl. falsafa dokt. (PhD) diss. – Toshkent, 2017. – 144 b.