HOZIRGI DAVRDA ARAB TILI MANBALARINING XALQARO MIQYOSDAGI AHAMIYATI HAQIDA
https://doi.org/10.5281/zenodo.14545545
Kalit so‘zlar
arab tili, madaniyat, tarix, adabiyot va sanat, diplomatiya.Annotasiya
Ushbu maqolada arab tili manbalarining hozirgi zamonda xalqaro miqyosdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Arab tili, tarixan, ilm-fan, madaniyat va islom dinining asosiy tili bo‘lib kelgani ta‘kidlanadi. Hozirgi davrda arab tilidagi manbalar iqtisodiyot, diplomatiya, texnologiya va ilmiy tadqiqotlar sohalarida katta rol o‘ynamoqda. Maqolada arab dunyosining global iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki, moliya va savdo sohasidagi arab tilidagi ma’lumotlarning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, arab tilidagi adabiyot va san‘at asarlarining xalqaro miqyosda e’tibor qozonayotgani va madaniyatlararo muloqotni kuchaytirayotgani haqida so‘z yuritiladi. Arab tilidagi tarixiy va akademik manbalar insoniyat tarixi, ilmiy izlanishlar va ta’lim jarayonlari uchun muhim ahamiyatga ega ekani, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirishdagi roli alohida qayd etiladi. Shu bilan birga, arab tilining madaniy aloqalar va ijodkorlikni global maydonga olib chiqishda tutgan o‘rni ta‘kidlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Hasanov M., Abzalova M. Arab tili grammatikasi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2019.
Ibrohimov N., Yusupov M. Arab tili grammatikasi. Darslik. – Toshkent, 2024.
Ali, M ‘Arab Science and Its Influence on the Middle Ages and Renaissance’. Cambridge University Press.2020
El Fadl, K. A. ‘The Great Theft: Wrestling Islam from the Extremists’. Harper San Francisco.2005
uz.m.wikipedia.org
un.org