MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARGA O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARINI INTEGRATIV ALOQADORLIKDA O‘RGATISH TAMOYILLARI
https://doi.org/10.5281/zenodo.20377971
Kalit so‘zlar
Maktabgacha ta’lim, o‘zbek-ingliz tillari, integrativlik, bilingvallik, yoshiga moslik, tamoyil.Annotasiya
Ma’lumki, til muayyan jamiyatda o‘zaro shartlashilgan ma’nolarni ifodalashga xizmat qiluvchi belgilar tizimi bo‘lib, ular til sathlarida amal qiluvchi qonun-qoidalar asosida nutq sifatida voqelanadi. Nutq til mahsuli sifatida insonlarning o‘zaro muloqot yuritishini ta’minlaydi va axborotni qabul qilish va uzatish funksiyalarini bajaradi. B.N.Golovin til - bu “imkoniyatli til vositasi” bo‘lsa, nutq esa “harakatdagi aynan o‘sha vositalar”dir deya ta’kidlaydi. Shu bois til lingvistik hodisa hisoblansa-da, ta’limiy vosita sifatida psixologik jarayonlarni ham o‘z ichiga oladi. Umuman ta’lim - tarbiya jarayoni ta’limning umumdidaktik tamoyillaridan kelib chiquvchi didaktik, psixologik, lingvistik, metodik va boshqa qonuniyatlarga amal qiladi. Tamoyil (prinsip) termini “asos bo‘ladigan yo‘l - yo‘riq, qonun - qoida” ma’nosini ifodalaydi. Ye.I.Passov ta’biricha, “tamoyil - o‘qitish jarayoni atalmish binoning poydevoridir”.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Saydaliyev S.S. Chet tili o‘qitish metodikasidan ocherklar. – Namangan, 2004. – 78 b.
Tajibaev G.Sh. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga chet til o‘qitishda kommunikativ yondoshuv.: Diss... ped. fan. bo‘yicha falsafa dokt. (PhD) – T., 2018. – 150 b.
Tajibaev G.Sh. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish. Maktabgacha va bos’hlang‘ich ta’limda xorijiy til, xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), filologiya va tillarni o‘qitis’h (ingliz tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalis’hi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. N.: Namangan, 2019. – B.17
Головин Б.Н. Введение и языкознание. 3-изд. – М., 1997. – 2 б.
