SHERWOOD ANDERSONNING ‘HANDS’ VA ‘PAPER PILLS’ NOVELLALARIDA PSIXOLOGIK POETIKA
https://doi.org/10.5281/zenodo.20377628
Kalit so‘zlar
psixologik poetika; amerika modernizmi; ramziylik; grotesk obraz; ichki monolog; Sherwood Anderson; Winesburg, Ohio; psixologik novellaAnnotasiya
Ushbu maqola amerikalik yozuvchi Sherwood Anderson ning Winesburg, Ohio to‘plamiga kiruvchi “Hands” va “Paper Pills” novellalarida psixologik poetikaning badiiy ifodalanishini tahlil qiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi Anderson nasrida inson ruhiyati, yolg‘izlik, ichki ziddiyat va jamiyat bilan shaxs o‘rtasidagi murakkab munosabatlar qanday poetik vositalar orqali ochib berilganini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida qiyosiy-tahliliy metod, matnshunoslik va psixologik interpretatsiya usullaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Anderson novellalarida psixologik holat tashqi voqealar orqali emas, balki ramziy obrazlar, tana harakatlari, ichki monolog va sukunat poetikasi orqali ifodalanadi. “Hands” novellasida qo‘llar ramziy va psixologik markaziy obraz sifatida insonning ichki iztiroblari hamda jamiyat tomonidan noto‘g‘ri talqin qilingan mehrini ifodalaydi. “Paper Pills” novellasida esa qog‘oz bo‘laklari inson tafakkuri va ichki dunyosining metaforik ifodasiga aylanadi. Maqola Andersonning psixologik novellalar poetikasiga qo‘shgan hissasini ochib beradi va uning nasrida inson ongining murakkab qatlamlari qanday badiiy vositalar orqali tasvirlanganini ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Sherwood Anderson: A Study of the Short Fiction. Boston: Twayne Publishers Anderson, D. D., 1992.
Winesburg, Ohio. New York: B. W. Huebsch Anderson, S., 1919.
The Modern American Novel. Oxford: Oxford University Press Bradbury, M., 1992.
Modernism. London: Routledge Childs, P., 2000.
Transparent Minds: Narrative Modes for Presenting Consciousness in Fiction. Princeton: Princeton University Press Cohn, D., 1978.
The Twenties: American Writing in the Postwar Decade. New York: Viking Press Hoffman, F. J., 1955.
Sherwood Anderson. New York: William Sloane Associates Howe, I., 1951.
Modern American Short Story Sequences: Composite Fictions and Fictive Communities. Cambridge: Cambridge University Press Kennedy, J. G., 1995.
Sherwood Anderson: A Writer in America. Madison: University of Wisconsin Press Rideout, W. B., 2006.
