INGLIZ TILINI O‘QITISHDA LINGVOMADANIY KOMPETENSIYALARNI VEB TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASI
https://doi.org/10.5281/zenodo.20280145
Kalit so‘zlar
Lingvomadaniy kompetensiya, veb texnologiyalar, ingliz tili, kommunikativ yondashuv, raqamli ta’lim, multimedia vositalari, interaktiv metodlar, autentik materiallar, madaniyatlararo muloqot, onlayn platformalar.Annotasiya
Mazkur tezisda ingliz tilini o‘qitish jarayonida talabalarning lingvomadaniy kompetensiyalarini veb texnologiyalar asosida rivojlantirish metodikasi yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy raqamli platformalar, internet resurslari, multimedia vositalari va interaktiv ta’lim texnologiyalarining chet tilini o‘qitishdagi ahamiyati ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Lingvomadaniy kompetensiyani shakllantirishda autentik materiallardan foydalanish, virtual muloqot muhiti yaratish hamda talabalarning kommunikativ faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari veb texnologiyalar asosidagi metodik yondashuvlarning ingliz tilini o‘qitish samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Safarova R. “Chet tillarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar”. – Toshkent, 2021.
Jalolov J. “Chet til o‘qitish metodikasi”. – Toshkent, 2020.
Hymes D. “Communicative Competence”. – London, 1972.
Kramsch C. “Language and Culture”. – Oxford University Press, 1998.
Byram M. “Teaching and Assessing Intercultural Communicative Competence”. – Multilingual Matters, 1997.
Warschauer M. “Technology and Language Learning”. – New York, 2000.
Полат Е.С. “Новые педагогические и информационные технологии”. – Москва, 2019.
