YURIDIK KOMMUNIKATSIYADA EKSTRALINGVISTIK VOSITALAR
https://doi.org/10.5281/zenodo.20280135
Kalit so‘zlar
yuridik kommunikatsiya, ekstralingvistik vositalar, sud diskursi, yuridik ritorika, institutsional maqom, verbal bo‘lmagan vositalar, prosodika, kinesika, pragmatika, protokollashtirish, huquqiy nutq, kommunikativ vaziyat.Annotasiya
Mazkur maqolada yuridik kommunikatsiyada ekstralingvistik vositalarning o‘rni va funksional xususiyatlari tahlil qilinadi. Sud diskursida nutqning mazmuni nafaqat til birliklari, balki kommunikativ vaziyat, institutsional maqom, protsessual tartib-qoidalar hamda verbal bo‘lmagan vositalar orqali ham shakllanishi yoritiladi. Shuningdek, intonatsiya, pauza, mimika, temp kabi prosodik va kinesik vositalarning yuridik nutqdagi pragmatik ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqolada yuridik nutqning hujjatiylik xususiyati, ya’ni nutqning protokollashtirilishi, audio-video qayd etilishi va keyingi instansiyalarda qayta talqin qilinishi ekstralingvistik omil sifatida baholanadi. Tadqiqot natijasida ekstralingvistik vositalar yuridik kommunikatsiyada ma’no hosil qiluvchi hamda normativ talqinni boshqaruvchi muhim tizimli omillar ekanligi asoslab beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Austin J. L. How to Do Things with Words – Oxford: Oxford University Press, 1962.
Searle J. R. Speech Acts – Cambridge: Cambridge University Press, 1969.
Fairclough N. Language and Power – London: Longman, 1989.
Van Dijk T. A. Discourse and Power – New York: Palgrave Macmillan, 2008.
Goffman E. Forms of Talk – Philadelphia: University of Pennsylvania Press, 1981.
Matoesian G. Law and the Language of Identity – Oxford: Oxford University Press, 2001.
