HUQUQIY HUJJATLAR TILINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
https://doi.org/10.5281/zenodo.20118104
Kalit so‘zlar
huquqiy lingvistika, huquqiy til, normativ-huquqiy hujjatlar, lingvistik ekspertiza, qonun tili, terminologiya, huquqiy matn.Annotasiya
Mazkur maqolada huquqiy lingvistika zamonaviy ilmiy yo‘nalish sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda huquqiy lingvistikaning nazariy asoslari, uning shakllanish bosqichlari hamda huquqiy hujjatlar tilining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, xorijiy davlatlarda huquqiy lingvistikaning rivojlanish tajribasi o‘rganilib, O‘zbekistonda normativ-huquqiy hujjatlar tilida uchraydigan muammolar tahlil qilingan. Qonun hujjatlarida uchraydigan murakkab sintaktik tuzilmalar, noaniq iboralar va terminologik nomuvofiqliklar huquqni amalda qo‘llash jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida huquqiy tilni takomillashtirish, lingvistik ekspertiza tizimini joriy etish hamda qonun hujjatlari tilini soddalashtirish bo‘yicha bir qator amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur tadqiqot huquqiy davlat qurilishi jarayonida qonun hujjatlarining sifatini oshirish va fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent, 2023.
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun. Toshkent, 2022.
Mellinkoff D. The Language of the Law. Boston, 1963.
Tiersma P. Legal Language. Chicago, 1999.
Solan L., Tiersma P. The Oxford Handbook of Language and Law. Oxford, 2012.
