O‘QUV DARSLIKLARIDA ZAMONAVIY O‘ZBEK SHE’RIYATI JANRLARINING IN’IKOSI VA TAHLILI. SHAVKAT RAHMON SHE’RIYATIDA SHAKL VA RUH ISYONINING LINGVODIDAKTIK TALQINI
https://doi.org/10.5281/zenodo.20005929
Kalit so‘zlar
Janr modifikatsiyasi, zamonaviy o‘zbek she’riyati, lingvodidaktika, adabiyot darsligi, erkin she’r, kognitiv qolip, anjambeman, vizual-ritmik vosita.Annotasiya
Ushbu maqolada umumta'lim maktablarining adabiyot darsliklarida zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi janr modifikatsiyalarining berilishi va o‘rganilishi masalalari tadqiq etilgan. Xususan, 8- va 9-sinf darsliklari misolida an'anaviy mumtoz she’riyat qoliplaridan erkin she’r, oq she’r va sochma kabi yangi shakllarga o‘tish jarayonida o‘quvchilarda yuzaga keladigan retseptiv va kognitiv to‘siqlar lingvodidaktik jihatdan tahlil qilingan. Shavkat Rahmon ijodi va uning “Turkiylar” she’ridagi shakliy isyon hamda vizual-ritmik vositalar (anjambeman) misolida maktabda she’riy san'atni o‘qitish metodikasini takomillashtirish zarurati asoslab berilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Yo‘ldoshev Q., va boshqalar. Adabiyot: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2019.
To‘xliyev B., va boshqalar. Adabiyot: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2019.
Rahmon Shavkat. Saylanma. – Toshkent: “Sharq”, 1997.
Yo‘ldoshev Q. Yoniq so‘z (Adabiy o‘ylar, tahlillar, talqinlar). – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2006.
Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Toshkent: “Akademnashr”, 2013.
To‘xliyev B., Shamsiyeva M., Ziyodova T. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti”, 2006.
Jabborov N. Ma'rifat nadir (O‘zbek adabiyoti tarixining dolzarb masalalari). – Toshkent: “Ma'naviyat”, 2010.
