ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA KO‘P TILLILIK (MULTILINGUALISM) FENOMENI
https://doi.org/10.5281/zenodo.19937116
Kalit so‘zlar
ko‘p tillilik, Multilingualism, tilshunoslik, til kompetensiyasi, bilingvizm, poliglotlik, kognitiv jarayonlar, til o‘rganish, globallashuv, madaniyatlararo kommunikatsiya.Annotasiya
Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikda muhim o‘rin tutayotgan Multilingualism fenomenining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ko‘p tillilik tushunchasi, uning shakllanish omillari hamda jamiyat va shaxs rivojiga ta’siri yoritib beriladi. Shuningdek, bir nechta tillarni bilishning kognitiv, ijtimoiy va madaniy afzalliklari bilan bir qatorda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar ham ko‘rib chiqiladi.Maqolada ko‘p tillilikning zamonaviy globallashuv jarayonidagi o‘rni, uning ta’lim tizimidagi ahamiyati va til kompetensiyasini rivojlantirishdagi roli alohida e’tibor bilan tahlil qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Crystal, D. Language Death. – Cambridge: Cambridge University Press, 2000. – 210 b.
European Commission. Languages and the European Union. – Brussels: EU Publications, 2021.
Fishman, J.A. The Sociology of Language. – Rowley: Newbury House, 1972. – 450 b.
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida” Qonuni. –, 1995.
Rahmonov B. Ko‘p tillilik: muammo va imkoniyatlar. –O‘zRFA, 2020
