REKLAMALARDA PARALINGVISTIK VOSITALARDAN UNUMLI FOYDALANISH
https://doi.org/10.5281/zenodo.19937106
Kalit so‘zlar
paralingvistika, noverbal vositalar, kinesika, mimika, jestlar, fonatsiya, paragrafemika.Annotasiya
Mazkur maqolada tilshunoslik fanining rivojlanish bosqichlari, xususan, paralingvistikaning shakllanishi va uning kommunikativ jarayondagi o‘rni yoritilgan. Paralingvistikaning mohiyati, uning tarkibiy qismlari – kinesika, fonatsiya va paragrafemika haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shuningdek, noverbal vositalarning insonlar o‘rtasidagi muloqotda, axborotni yetkazish va qabul qilish jarayonidagi ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada paralingvistik vositalarning tarixiy ildizlari, ularning ibtidoiy jamiyatdagi roli hamda yozuv tizimlarining shakllanishidagi o‘rni ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan tashqari, zamonaviy jamiyatda, ayniqsa reklama sohasida paralingvistik vositalardan samarali foydalanish masalalari yoritilib, ularning inson psixologiyasiga ta’siri ilmiy asosda izohlangan. Tadqiqot natijasida paralingvistikaning inson ruhiy holatiga ta’sir ko‘rsatishdagi muhim vosita ekanligi xulosa qilingan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Barotova M.O. O‘zbek tilida paralingvistik vositalarning kognitiv asoslari. – 2025.
Barotova M.O. The Problem of Classification of Paralinguistic Tools in Uzbek Linguistics. – 2023.
Mirzakamolova M.M. Diskurs va paralingvistika: til va noverbal vositalar uyg‘unligi. – 2025.
Nabiyeva D., Mirzayev A. Ijtimoiy tarmoqlarda paralingvistik vositalarning qo‘llanilishi. – 2023.
Mirzaahmedov M. Typical Paralinguistic Terms for Uzbek People. – 2023.
Murodjonova L., Tojiboyev I. O‘zbek xalqida paralingvistik vositalarning qo‘llanilishi. – 2022.
Meliqo‘ziyev A. Paralingvistika: nutq va madaniyatdagi noverbal vositalar. – 2023.
Karimov S. O‘zbek tilida ekspressiv vositalar. – Toshkent, 2009.
Yuldasheva D. Paralingvistik vositalarning lingvistik tahlili. – 2018.
Albert Mehrabian Silent Messages. – New York: Wadsworth, 1971.
Judee K. Burgoon Nonverbal Communication. – New York: Routledge, 2016.
Paul Ekman Emotions Revealed. – New York: Times Books, 2003.
Madjidova R.U., F.F. Yuldasheva “Umumiy tilshunoslikdan ma’ruza matni” – Toshkent, 2024
