SEMANTOGRAFIK TARJIMA YOZUVINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
https://doi.org/10.5281/zenodo.19873981
Kalit so‘zlar
Semontagrafiya, semontagramma, markirofka, IT, OAV, TJ, kompozitsion, affiks, segment, indeks, kodlashtirish, modillashtirish, fiksatsiya, sinxronlashtirish.Annotasiya
Ma’lumki, madaniyatlararo muloqot masalalariga boʻlgan qiziqish hamda ketma-ket tarjima faoliyatiga boʻlgan katta e’tibor tarjimonlik sohasida ham jiddiy islohatlarni boʻlishligini talab etmoqda. Shundan kelib chiqib, "tarjima san’ati"ni va "tarjimaga oʻqitish jarayoni"ni ham qayta koʻrib chiqishlik zarurdir. Bular oʻz-oʻzidan oʻrganuvchidan professionallik imkoniyatini yanada oshirishni hamda tarjima muammolarini optimallashtirishga imkon beradigan tarjima mahoratini shakllanishiga yoʻl ochadi. Ushbu maqolada amaliy tilshunoslik fanining muhim sohalaridan biri boʻlgan tarjimashunoslik sohasining yangi yutuqlari haqida, aniqrogʻi, ushbu faoliyatning ketma-ket tarjima jarayonida qoʻllaniladigan semantografik yozuvi haqida gap boradi. Semontagrafiya oʻziga xos tarjima yozuvi boʻlib, u tarjimashunoslik fanining istiqboliga xizmat qiladi. Bu individual tarjima yozuvi tarjimon uchun qulay imkoniyatlarni beradi. Muhimi, ushbu tarjima yozuvi oʻiga xos imkoniyatlarga va ba’zi xususiyatlarga ega boʻlishi bilan yozuvning boshqa maxsus turlaridan farqlanadi. Xullas, maqola mohiyati tarjimashunoslik sohasining ketma-ket tarjima faoliyatini yanada rivojlantirishga, aniqrogʻi, aynan shu soha vakillari uchun tavsiya etilgan tarjima yozuvining oʻziga xos imkoniyatlarini, ya’ni leksik, Grammatik va stilistik xususiyatlarini ochib berishga qaratilgan. Bundan tashqari, maqolamizda yangi yozuvni oʻrganish uchun bir qancha amaliy tavsiyalar berishni ham koʻzda tutganmiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
E. Аликина Е.В. Переводческая семантография. Запись при устном переводе: практ. учеб. пособие: рек. УМО. - М.: АСТ: Восток - Запад, 2006. - 159.
F. Bliss C.K. Semantography. – Sydney, 1956.
G. Herbert J. Manuel de l’interprète. – Genève, 1952.
H. Сачава О.С. Методические рекомендации по переводческой скорописи. – СПб.: Изд-во СПбГУЭФ, 2010. – 35 с.
I. Ширяев А.Ф. Синхронный перевод: деятельность синхронного переводчика и методика преподавания синхронного перевода. – М., 1979. – 183 с.
J. Чернов Г.В. Синхрон таржима назарияси ва амалиёти (рус тилидан Х.Ҳамидов таржимаси) (oʻquv qoʻllanma). –Т.: ТошДШИ, 2019. – 112.
