XI–XII ASR TURKIY MANBALARI LEKSIKASINING SEMANTIK MAYDONI VA UNING LINGVOMADANIY TALQINI
https://doi.org/10.5281/zenodo.18035563
Kalit so‘zlar
lingvomadaniyat, XI–XII asr manbalari, turkiy leksika, konsept, madaniy qatlam, semantik uzviylik.Annotasiya
Maqolada XI–XII asr turkiy yozma manbalarining — “Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘otit turk” va “Hibatul-haqoyiq” asarlarining leksik tizimi lingvomadaniy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda bu asarlar tili xalqning ma’naviy dunyosi, axloqiy qadriyatlari, diniy-falsafiy qarashlari va ijtimoiy ongining ifodasi sifatida baholanadi. Maqolada uch asosiy lingvomadaniy qatlam — madaniy-maishiy, ma’naviy-axloqiy va diniy-falsafiy qatlamlar ajratib ko‘rsatilgan. Tahlil natijasida “bilim”, “adolat”, “adab”, “el-yurt”, “haq”, “sabr” kabi konseptlar turkiy xalqlarning madaniy identitetini shakllantiruvchi asosiy lingvomadaniy markazlar ekanligi aniqlangan. Shuningdek, maqolada o‘zbek tilining ushbu tarixiy leksika bilan semantik uzviyligi ko‘rsatilib, turkiy madaniyatdagi til va tafakkur barqarorligi ilmiy asosda yoritilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. — Toshkent: Fan nashriyoti, 1960.
Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1971.
Ahmad Yugnakiy. Hibatul-haqoyiq. — Toshkent: Yozuvchi, 1974.
Jo‘rayev, N. (2015). “Qutadg‘u bilig” asarida axloqiy tushunchalarning lingvomadaniy tahlili. O‘zbek tili va adabiyoti jurnali, №6, 45–52.
Ergashev, A. (2018). Turkiy tillar leksikasining tarixiy taraqqiyoti va lingvomadaniy tahlili. — Toshkent: Fan va texnologiya.
Mamatov, B. (2019). Til va madaniyat: lingvokulturologik yondashuv asoslari. — Toshkent: O‘zbekiston milliy universiteti nashriyoti.
Abdurahmonova, M. (2020). O‘zbek tilida qadimiy turkiy qatlamning semantik davomiyligi. — Toshkent: Innovatsiya-Ziyo.
To‘xtayev, T. (2017). Turkiy yozma yodgorliklar leksikasi va xalq madaniyati. — Samarqand: SamDU nashriyoti.
Qodirova, D. (2021). “Turkiy tillar tarixida ‘adolat’ konseptining shakllanishi va o‘zbek tilidagi izchilligi”. TDPU ilmiy to‘plami, №3, 112–120.
